Vatikanda yangi Rim papasi Lev XIV ning lavozimga kirişiş marosimi bölib ötdi.

Marosim avvalida Lev XIV «papamobil»da Avliyo Pyotr maydonini aylanib, yiğilganlar bilan körişdi. Şundan keyin u Avliyo Pyotr bazilikasidagi qabr oldida messa (katoliklarda ibodat va şu ibodat vaqtida aytiladigan kuy) ijro etdi. Söngra Lev XIV ga papalik hokimiyatining ramzlari — «baliqçi uzugi» va qöy junidan tikilgan, ustiga xoçlar tasviri tuşirilgan lenta — palliy topşirildi.

Vatikanning ma’lum qilişiça, marosimga 150 mingga yaqin odam töplangan. Inauguratsiya ibodati davomida yangi Rim papasi tinçlik va birlikka da’vat etdi hamda «Yer resurslarini ekspluatatsiya qiladigan va eng kambağallarni çetga çiqaradigan» iqtisodiy haqiqatni qoraladi.

Rim papasining lavozimga kirişiş marosimiga xorij davlatlari va diniy konfessiyalarning 150 dan ortiq delegatsiyalari taşrif buyurdi. Ular orasida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens va davlat kotibi Marko Rubio, Italiya boş vaziri Jorja Meloni, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen, Ispaniya qiroli Filipp VI, Belgiya qiroli Filipp va boşqa qator dunyo yetakçilari ham bor.

Qayd etilişiça, marosimdan keyin Rim papasi Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuv ötkazadi. Ertaga ertalab esa Lev XIV Jyey Di Vens bilan körişadi. Bundan taşqari, Zelenskiy va Vens marosim doirasida bir-biri bilan qöl berib körişgan. Bu ularning fevral oxirlarida Oq uyda sodir bölgan bahsidan keyingi birinçi uçraşuvi hisoblanadi.

Amerikalik kardinal Robert Prevo 8 may kuni yangi Rim papasi etib saylangan edi. U öziga Lev XIV ismini tanlagan. Undan oldingi Rim papasi Fransisk esa 21 aprel kuni 88 yoşida vafot etgandi.