Litva hukumati BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritib, Belarusni noqonuniy migratsiyani taşkil etgani uçun javobgarlikka tortişni talab qilmoqda. Bu haqda Litva TIV press-relizida söz boradi.
Qayd etilişiça, 2021 yildan boşlab Litva Belarusdan kirib kelayotgan noqonuniy migrantlar oqimining «misli körilmagan darajada oşişi»ga duç kelmoqda. Litva idoralari Belarus hukumatining migratsiya oqimlarini taşkil etişdagi iştirokini tasdiqlovçi dalillarni töplagan.
Bayonotga köra, Belarus hukumati buning uçun Yaqin Şarq va boşqa mintaqalardan aviaqatnovlar sonini köpaytirgan, viza berişni va kelgan migrantlarni joylaştirişni taşkil qilgan hamda ularning köpçiligini Litva çegarasiga olib borgan. Natijada bu migrantlar çegarani noqonuniy ravişda kesib ötişga majbur bölgan.
Ta’kidlanişiça, Belarus çegara xizmatlari Litva hukumati bilan noqonuniy migratsiyani töxtatiş böyiça hamkorlik qilişdan boş tortgan. Litva buni Belarus hukumatining mamlakatdagi demokratiyani qöllab-quvvatlagan Yevropa Ittifoqiga siyosiy bosim ötkaziş vositasi sifatida migratsiyadan foydalanişga uriniş deb baholamoqda.
Litvaning suddagi talablari quyidagilarni öz içiga oladi: Belarus tomonidan yetkazilgan zararni, jumladan, çegara böylab devor quriş xarajatlarini töliq qoplaş va bunday holatlar boşqa takrorlanmasligi kafolatlarini ta’minlaş.
2024 yilda Litva Aleksandr Lukaşenko rejimi tomonidan amalga oşirilgan insoniyatga qarşi jinoyatlar böyiça tergov boşlaşni sörab, Xalqaro jinoiy sudga murojaat qilgandi.
Çegaradagi migratsiya inqirozi 2021 yilning bahorida, Belarusga kelgan Yaqin Şarq va Afrika davlatlari fuqarolari Litva hamda Polşaga ötişga uringanida boşlangan edi. Aleksandr Lukaşenko öşanda Minsk migrantlarning Yevropaga ötişiga xalaqit bermasligini aytgandi, uning sözlariga köra, Yevropa davlatlari Belarusga qarşi «gibrid uruşni boşlagan».












