Internetda tarqalgan videoda, PPX xodimi savdo rastalari orasidan böynini uşlagança yugurib kelgani, keyin töxtab, yerga yotgani, atrofdagilar unga yordamga şoşilgani körinadi.

Içki işlar vazirligidan ma’lum qilişlariça, voqea 19 may kuni soat 18:30 larda, Yunusobod tumani IIO FMB post-patrul xizmati inspektori safdor I.Ibragimov bilan röy bergan.

Yer osti tuşiş yöli oldida ötib ketayotgan fuqaro özining xatti-harakatlari bilan şubha uyğotgani sababli, xodim uni töxtatib tekşirayotgan vaqtida, fuqaro yonida bölgan piçoq bilan tösatdan xodimga hujum qilib, böyin qismiga jarohat yetkazgan.

Xodim tezkorlik bilan kasalxonaga yotqizilib, uning hayotini saqlab qolişga erişilgan. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida gumondor şaxs uşlangan. Aniqlanişiça, u – 1963 yilda Jizzax viloyatida tuğilgan, Jizzax viloyati Paxtakor tumani yaşovçi Hasanov Akrom Tursunoviç bölib, 2005 yildan beri ruhiy kasalliklar dispanserida röyxatda turadi.

Yunusobod tumani prokuraturasi jinoyat işi qözğatib, tergov boşlagan.