Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlaşdi.

Manbaga köra, suhbat Trampning Vladimir Putinga telefon qönğiroği oldidan bölib ötgan, buni AQŞ prezidenti 17 may kuni e’lon qilgan edi. Zelenskiy va Tramp AQŞ prezidentining Rossiya prezidenti bilan suhbatidan söng yana bir-biriga qönğiroq qilişga kelişib olgan.

Ukraina va Rossiya delegatsiyalarining Istanbuldagi uçraşuvi oldidan Tramp tinçlik muzokaralarida «Putin va men uçraşmagunimizça heç narsa bölmaydi», dedi va keyin Rossiya prezidentiga «qönğiroq qilişi mumkinligini» aytdi. 17 may kuni Tramp 19 may kuni Putin bilan telefon orqali muloqot ötkazişini ma’lum qildi.

18 may kuni Germaniya kansleri Fridrix Mers Buyuk Britaniya, Fransiya va Polşa rahbarlari bilan birgalikda AQŞ prezidentining Vladimir Putin bilan telefon muloqoti oldidan Donald Tramp bilan gaplaşişini aytdi. Suhbat 19 may kuni ertalab bölib ötdi va yetakçilar Tramp bilan Ukrainada öt oçişni töxtatiş va Rossiyaga qarşi ehtimoliy sanksiyalarni muhokama qilişdi.

Bloomberg xabariga köra, Putin Rossiya qöşinlari Ukraina Qurolli kuçlari mudofaasini yorib, Ukrainaning törtta hududini töliq egallab olişiga işonmoqda. Agentlik manbasiga köra, Rossiya prezidenti Tramp bilan suhbatda rossiyalik qöşinlar Ukrainaning Lugansk, Donetsk, Xerson va Zaporojiye viloyatlarini töliq nazoratga olişiga işonişiga asoslanadi.