Şuningdek, içki işlar vazirining buyruği bilan ikki nafar IIO xodimiga «A’lo xizmatlari uçun» kökrak nişoni, bir nafar ofitserga esa muddatidan oldin «katta leytenant» maxsus unvoni topşirildi.

Toşkentda içki işlar organi xodimining hayotiga suiqasd qilgan gumondorni qölga olişda jonbozlik körsatgan fuqaro va xodimlar taqirlandi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

19 may kuni «Yunusobod dehqon bozori»da xizmat olib borayotgan PPX inspektori özini şubhali tutgan fuqaroni töxtatib tekşirmoçi bölganida, u yonidagi piçoq bilan xodimning böyin qismiga tan jarohati yetkazgan edi. Jinoyatçi voqea joyidan yaşiriniş maqsadida şu atrofda bölgan avtobusga qölidagi piçoq bilan çiqib olgan.

Hududda xizmat olib borayotgan Patrul-post xizmati xodimlari katta serjant Samat Karjanbayev, safdor Sardor Abzalov va profilaktika inspektori leytenant Öktam Normamatov tezkorlik bilan fuqarolar xavfsizligini ta’minlab, avtobusdan yölovçilarni evakuatsiya qilgan. Söng xavfli jinoyatçini maxsus vositalar va jismoniy kuç işlatiş yöli bilan zararsizlantirib qölga olgan. Uşbu jarayonda IIO xodimlariga fuqaro Vladimir Avdiyans ham faol yordam berib, özining fuqarolik burçini sidqidildan bajargan.

Toşkent şahar IIBBda tantanali ravişda bölib ötgan tadbirda fuqaro Avdiyansga «Içki işlar vazirligining minnatdorçiligi» e’lon qilinib, u 10 million söm miqorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Şuningdek, içki işlar vazirining tegişli buyruğiga asosan serjant Karjanbayev, safdor Abzalov «A’lo xizmatlari uçun» kökrak nişoni bilan, leytenant Normamatov esa rağbatlantiriş tariqasida muddatdan oldin «katta leytenant» maxsus unvoni bilan taqdirlandi.