21 may, çorşanba kuni Amerikaning CNN telekanali unga Ukraina razvedkasi tomonidan topşirilgan audio va video materiallarni e’lon qildi, ular esa, Ukraina rasmiylariga köra, Rossiya qömondonligi askarlarga taslim bölgan ukrainalik askarlarni xalqaro huquqni buzgan holda qatl etiş haqida buyruq berayotganining qöşimça dalilidir.

Audiomateriallar Rossiya Qurolli kuçlarining noma’lum zobiti «Arta» va «Beliy» çaqiruv belgilari bölgan öz qöl ostidagilariga bir neça bor faqat ukrainalik askarlar guruhi qömondonini asirga olib, qolganlarini öldirişni buyurgan suhbatdir. Bu suhbat, Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga köra, 2024 yil noyabrida, noma’lum sanada soat 12:05 dan 12:31 gaça Zaporijjya viloyatidagi Novodarovka qişloği yaqinida yozib olingan.

CNN naşrida suhbatning audioyozuvi xuddi şu vaqtda va bir joyda drondan olingan videotasvirga qöyilgan. Kadrlarda ukrainalik olti nafar askar yerda yotganini köriş mumkin. Keyin ulardan kamida ikkisi yaqin masofadan otib taşlanadi va biri — ehtimol qömondon — olib ketiladi. Qatlni amalga oşirayotganlarning harakatlari radio orqali berilgan buyruqlar bilan hamohang edi.

Bu qotillik Rossiyaning 5-armiyasi 127-diviziyasining 394-motoöqçilar polki hujumkor bölinmasi harbiy xizmatçilari tomonidan sodir etilgan, deb xabar qildi Ukraina xavfsizlik xizmati. SBU Rossiya Qurolli kuçlarining uşbu bölinmasini boşqa jinoyatlarni ham sodir etganlikda gumon qilmoqda.