Las-Vegasda sport musobaqalari bölib ötadi, unda sportçilarga taqiqlangan moddalarni iste’mol qilişga ruxsat beriladi, hatto doping preparatlarini qöllaş tavsiya etiladi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Tarixdagi birinçi Enhanced Games 2026 yil 21–24 may kunlari bölib ötişi kutilmoqda. Musobaqa dasturiga yuguriş, suziş va oğir atletika kiradi. Atletlar jahon sportida taqiqlangan dori vositalaridan töliq foydalaniş imkoniyatiga ega böladilar.

Enhanced Games sport va ilm-fandagi inqilob va elita musobaqalarida farmatsevtika bilan texnologik yangiliklar odatdagi hol bölgan kelajak sifatida e’tirof etilmoqda.

Musobaqa iştirokçilari an’anaviy antidoping testlaridan ötmaydi, ammo şifokorlar nazoratida böladi. Ular qanday moddalarni işlatganini oşkor qilişi kerak.

Enhanced Games iştirokçilariga katta mukofotlar va’da qilingan. Masalan, 100 metrga yuguriş yoki 50 metrga erkin usulda suziş böyiça yangi jahon rekordi uçun 1 million dollar oliş mumkin.

Tanlov sarmoyadorlari orasida kenja Donald Tramp boşçiligidagi 1789 Capital firmasi ham bor.

Öyinlarni dopingdan foydalangan holda ötkaziş ğoyasi rasmiy sport organlarining noroziligiga sabab böldi. «Bu xavfli masxarabozlik şousi, haqiqiy sport emas», dedi AQŞ antidoping agentligi boş direktori Trevis Taygert.

Uşbu öyinlarda iştirok etişga rozi bölganlar orasida suziş böyiça ikki karra jahon çempioni avstraliyalik Jyeyms Magnussen ham bor.