AQŞ prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan tovarlarga 50 foizlik boj joriy etiş niyatida ekanini ma’lum qildi. U tegişli xabarni Truth ijtimoiy tarmoğida joylaştirib, Yevropa Ittifoqini AQŞga nisbatan adolatsiz savdo siyosatida aybladi.
«Savdo masalalarida Qöşma Ştatlardan foydalanişning asosiy maqsadi bilan yaratilgan Yevropa Ittifoqi özini juda murakkab hamkor sifatida körsatdi. Ularning yirik savdo tösiqlari, qöşilgan qiymat soliği, kulgili korporativ jarimalar, tarifsiz tösiqlar, valuta manipulyatsiyasi, Amerika kompaniyalariga qarşi adolatsiz da’volar Qöşma Ştatlar uçun yiliga 250 milliard dollardan köproq savdo defitsitiga olib keldi, buni mutlaqo qabul qilib bölmaydi. Ular bilan muzokaralar boşi berk köçaga kirib qoldi! Şuning uçun men 2025 yilning 1 iyunidan boşlab Yevropa Ittifoqi mahsulotlariga 50 foizlik töğridan-töğri tarif joriy etişni tavsiya qilaman. Tovar AQŞda işlab çiqarilgan yoki yiğilgan bölsa, boj olinmaydi», deyiladi bayonotda.
Yevropa Ittifoqi bilan ittifoqdoş bölişiga qaramay, Tramp bir neça bor Bryusselni adolatsiz savdo amaliyotida va Qöşma Ştatlarni iqtisodiy ekspluatatsiya qilişda ayblagan. 2018 yilda uning ma’muriyati milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan Yevropa Ittifoqidan pölatga 25 foiz va alyuminiyga 10 foiz boj joriy etdi. Bunga javoban Yevropa Ittifoqi Amerika tovarlariga qarşi javob çoralarini kiritdi.
Tramp Yevropa avtomobillari, xususan, nemis avtomobillari Amerika bozorini töldirganini da’vo qilib, ularga tariflar bilan tahdid qildi. U, şuningdek, Yevropa Ittifoqini AQŞ eksportiga xalaqit beradigan yuqori QQS, Amerika IT gigantlariga qarşi monopoliyaga qarşi jarimalar, Germaniyaning göyo eksport afzalliklari uçun yevroni zaiflaştirişga qaratilgan pul-kredit siyosati va hokazolar uçun tanqid qilgan edi.












