Rossiyaning Şvetsiyadagi elçixonasi 25 mayga ötar keçasi diplomatik missiya hududiga dron yordamida içida böyoq bölgan idiş taşlanganini ma’lum qildi.
«Voqeaning alohida surbetligi şundan iboratki, dronni boşqarganlar tomonidan şişa idiş işlatilgan, u balandlikdan taşlanganda odamlarga oğir tan jarohatlari yetkazişi mumkin edi», - deyiladi elçixona Telegram-kanalida.
Rossiya diplomatik missiyasining qayd etişiça, «bunday hujumlar qariyb bir yildan beri muntazam davom etmoqda». Ularning ta’kidlaşiça, «bunday holatlarda yuz beradigan barça ehtimoliy oqibatlar böyiça ayb Şvetsiya rasmiylarining zimmasida».
Elçixona e’lon qilgan bayonotga köra, rossiyalik diplomatlar bir neça bor mamlakat politsiyasi va TIVga murojaat qilib, xavfsizlik va diplomatik missiya daxlsizligini ta’minlaşni talab qilgan, ammo «şunga qaramay, heç qanday natija yöq».
2024 yil noyabrda Rossiyaning Şvetsiyadagi elçixonasi hududga taşlangan böyoq idişi haqida xabar bergandi. Öşanda noma’lum şaxslar bir neça bor «Rossiya diplomatik missiyasining ötiş yöli, avtomobillari va boşqa mulklariga» şikast yetkazgani aytilgan edi. 2025 yil yanvar oxirlarida Ukraina fuqarosi yengil avtomobilda elçixona darvozasini buzib kirişga uringan, biroq politsiya xodimlari tomonidan qölga olingan edi.

















