Avvalroq özbekistonlik ziyoratçilarga ellikboşi sifatida yuborilgan Rakat jome masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiyev vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Özbekiston musulmonlari idorasi Toşkent şahridagi Rakat jome masjidi imom-xatibi Rabbimqul domla Muhammadiyevning vafoti yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, 2025 yil 23 may kuni Rabbimqul domla Muhammadiyev Toşkent–Madina yönalişida poytaxtning 38-guruh ziyoratçilari rahbari sifatida yölga çiqqan va samolyotda huşini yöqotgan.

— Şu kuni safarga çiqişlari bilan domla parvoz davomida uyquga ketgan va şu holatda uyğonmagan. Bemor Madina xalqaro aeroporti şifokorlari tomonidan körilganda ahvoli öta oğir, behuş, savollarga javob bermagan. Şundan söng Madina şahridagi Muovasat klinikasiga joylaştirilgan. Şifokorlar tomonidan boş miya qon aylanişi ötkir buzilişi, miya özagi strukturalari özgarişlari, boş miya şişişi taşxisi qöyilgan.

Malakali şifokorlar tomonidan oğir holatdagi bemor neyroxirurg körigidan söng boş miya şişini kamaytiriş maqsadida 2025 yil 24 may kuni operatsiya ötkazildi. Şundan keyin ham bemorning ahvoli oğirligiça saqlanib, 2025 yil 26 may kuni erta tongda vafot etdi, — deyiladi Diniy idora bayonotida.

Bugun, 26 may kuni Madinadagi Masjidun Nabaviyda özbekistonlik marhum imomga janoza namozi öqilişi va Baqi qabristoniga dafn etilişi rejalaştirilmoqda.

Rabbimqul domla Muhammadiyev 1997 yildan buyon imom-xatib lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Bu yillar davomida Toşkent şahridagi Oq tunukali, Ibrohim ota, Imom Termiziy hamda Rakat jome masjidlarida xizmat olib borgan.

Özbekiston musulmonlari idorasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirdi.