Bank taşkil etgan “Kiçik va örta biznesning imkoniyatlarini oşirişda Biznesni rivojlantiriş bankining taşabbuslari” nomli davra suhbatida “Kiçik biznesni uzluksiz qöllab-quvvatlaş” dasturi ijrosi böyiça erişilayotgan natijalar haqida axborot berildi. Qayd etildiki, bank mazkur Dasturning asosiy tayanç banki sifatida tadbirkorlikni kengaytiriş, xududlarda yangi iş örinlari yaratiş va aholi daromadlarini oşirişga qaratilgan biznes loyihalarni faol moliyalaştirib kelmoqda. Bank tadbirkorlar uçun qulay şartlarda mahsulotlar va xizmatlarni joriy etmoqda. 

 

Tadbirlar davomida iştirokçilar bankning “Tadbirkorga qulay bank” konsepsiyasi bilan taniştirildi. 

"Biznesni rivojlantiriş banki" ATB Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Şahzod Yusupov bank ilğor yeçimlar beruvçi, biznes uçun qulay innovatsion bank bölişga intilayotganini ta’kidladi. Muloqotlarda iştirok etgan Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiyaning Yamagata universiteti vakillari bankning biznes rivojidagi örni va hissasini alohida e’tirof etişdi. 

Şuningdek, mijozlar bank moliyaviy kömagida muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan loyihalari va amaliy tajribalari haqida sözlab berdilar.

Tadbirlarda xalqaro moliyaviy institutlari, tadbirkorlar bilan biznesni qöllab-quvvatlaşga doir yangi taşabbuslar va yeçimlar haqida özaro fikr almaşildi. 

Reklama huquqi asosida