Aprel oyida Yevropa Ittifoqi davlatlarida Tesla elektromobillari savdosi 5475 tagaça — ötgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 52,6 foizga kamaydi. Bu haqda Yevropa avtomobil işlab çiqaruvçilari assotsiatsiyasining (ACEA) oylik hisobotida söz boradi.
Agar statistikaga Buyuk Britaniya, şuningdek, Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi mamlakatlari — Islandiya, Norvegiya va Şveytsariya ham qöşiladigan bölsa, savdolar qulaşi 49 foizni taşkil etadi.
Joriy yilning yanvar—mart oylari davomida Tesla’ning YeIdagi savdolari 45 foizli qulaşni körsatgan edi. Bu Ilon Mask kompaniyasining Yevropa bozoridagi muammolari çuqurlaşib borayotganidan dalolat beradi. Yevroittifoqda elektromobillar savdosi 26,4 foizga oşganiga qaramay, Tesla’ning uşbu bozordagi uluşi 1,3 foizdan 0,6 foizgaça tuşib ketdi.
Şu bilan birga, Yevroittifoqda avtomobillar umumiy savdosi 1,3 foizga oşdi. ACEA bu holat bozorning qisman tiklanayotganidan darak berişi mumkinligini, biroq beqaror global iqtisodiyot şaroitida prognozlar hanuz noaniq bölib qolayotganini ta’kidladi. Yirik avtomobil işlab çiqaruvçilar orasida eng yaxşi natijani BMW Group körsatgan — savdolarini 9,8 foizga oşirgan. Volkswagen Group 2 foizli ösişga erişgan bölsa, Renault Group 1,1 foizli ösişni qayd etgan.
Dunyo böylab Tesla birinçi çorakda 336,7 mingta avtomobil sotdi — bu ötgan yilga nisbatan 13 foizga kam. Ekspertlarning hisoblaşiça, brendga bölgan qiziqişning kamayganiga asosiy sabablardan biri —Ilon Maskning siyosiy faolligi va uning bahsli bayonotlaridir.












