Fransiya Harbiy-dengiz floti modernizatsiya dasturi doirasida De Grasse nomli yangi atom suvosti kemasini suvga tuşirdi. Bu Barracuda seriyasidagi törtinçi kema hisoblanadi.
Qiymati 10 milliard yevroni taşkil etadigan loyiha DGA mudofaa agentligi tomonidan Atom energetikasi böyiça komissiya iştirokida amalga oşirilgan. Boş pudratçi Naval Group kompaniyasi bölib, u 2500 mutaxassis işini muvofiqlaştiradi.
«De Grasse’ning topşirilişi Fransiyaning suvosti texnologiyalar sohasidagi yetakçiligini tasdiqlaydi», — deydi Naval Group boş direktori Per Erik Pommelle.
Kema 270 kun davomida uzluksiz patrulni amalga oşirişga möljallangan va 1000 kilometrga uçişga qodir MdCN qanotli raketalari, kemalarga qarşi Exocet va F21 torpedalari bilan jihozlangan. «Şarl de Goll» aviataşuvçisi texnologiyasi asosida yaratilgan reaktor esa submarina «yuragini» taşkil etadi.
Barracuda loyihasi doirasida 2030 yilga qadar eskirgan Rubis kemalarini almaştiriş közda tutilgan. Yangi suvosti kemasi Fransiyaning yadroviy tiyib turiş imkoniyatlarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Ekspertlarning ta’kidlaşiça, Fransiya töliq siklli atom suvosti kemalarini yaratiş texnologiyasiga ega dunyodagi beşta davlatdan biri hisoblanadi. De Grasse’ning dengizdagi sinovlari 2026 yildan boşlanadi.













