Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada jangarilarga qurol sotib kelgan askarlar ushlandi
Ular qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni mamlakat Qurolli kuchlariga aloqador bo‘lmagan guruhlarga yetkazib berishda gumonlanyapti.
Nigeriya harbiylari qurollarni turli guruhlarga sotib kelgan 20 dan ortiq askar va politsiya xodimlarini hibsga oldi. Bu haqda mamlakat Qurolli kuchlari rasmiy vakili Reuben Kovangiya ma’lum qildi.
«Bu qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar reketiga qarshi kurash bo‘yicha operatsiyaning bir qismi hisoblanadi… Agar biror xodim tizimga qarshi bo‘lgan qandaydir harakatni amalga oshirsa, u hibsga olinadi va sud qarshisida javob beradi», — deydi Kovangiya.
Daily Trust gazetasining ma’lum qilishicha, 18 nafar askar, 15 nafar politsiyachi va 8 nafar fuqaro hibsga olingan. Ular qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni mamlakat Qurolli kuchlariga aloqador bo‘lmagan guruhlarga yetkazib berishda gumonlanyapti.
Nigeriyada qariyb 15 yildan beri mamlakat Qurolli kuchlari va «Boko Haram» guruhi o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etib kelmoqda. O‘tgan yilning oktyabrida Nigeriyada «Boko Haram» Boko va ISWAP (IShID terror tashkilotining G‘arbiy Afrika bo‘limi) terror tashkilotlariga qarshi amaliyotlar chog‘ida bir haftada 140 kishi zararsizlantirilgan edi.
Mavzuga oid
08:58 / 20.05.2026
NATO: AQSh harbiylarining qisqarishi xavf tug‘dirmaydi
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
16:11 / 02.05.2026
“Tasalli beruvchi ayollar” maskani - yapon harbiylari qancha qiz-ayolni jinsiy qullikka mahkum etgandi?
08:41 / 15.04.2026