Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri tomonidan Özbekistonda «ta’lim darajasi yuqori bölmagan» maktablar röyxati tasdiqlandi. Unga 460 ta maktab kiritildi. Bunday maktablarning eng köpi — 99 tasi Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan.

Ta’lim darajasi yuqori bölmagan maktablar soni quyidagiça:

- Qaşqadaryo viloyati – 99 ta;

- Samarqand viloyatida — 86 ta;

- Surxondaryo viloyatida — 70 ta;

- Jizzax viloyatida — 36 ta;

- Namangan viloyatida — 34 ta;

- Sirdaryo viloyatida — 32 ta;

- Farğona viloyatida — 29 ta;

- Qoraqalpoğistonda — 24 ta;

- Andijon viloyatida — 23 ta;

- Navoiy viloyatida — 16 ta;

- Xorazm viloyatida — 9 ta;

- Buxoro viloyatida — 5 ta.

«Xalq ta’limi info» portali ma’lumotlarida keltirilişiça, 2023 yilda şunday maktablar röyxatda 642 ta, 2024 yilda 545 ta edi. Bu yil ta’lim sifati past bölgan maktablar soni 75 taga qisqargan.

Ta’lim sifati past bölgan maktablarga boşqa hududlardan jalb etilgan öqituvçilarga ustama tölanadi.

Ta’lim darajasi yuqori bölmagan maktablar — Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi bilan birgalikda şakllantiriladigan röyxatga kiritilgan umumta’lim maktablaridir. Ta’lim darajasi yuqori bölmagan maktablar röyxatini şakllantiriş mezonlari Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi va inspeksiya tomonidan işlab çiqiladi hamda tasdiqlanadi. Bunda maktab bitiruvçilarining oliy ta’lim muassasalariga öqişga kiriş natijalari, maktabning reytingi, «Zamonaviy maktab»ga qöyilgan talablar asosida baholaş natijalari inobatga olinadi.