Rossiya harbiy aerodromlarga qilingan hujumga javoban Ukrainaga jiddiy zarba beradi. Bu haqda Amerikaning The New York Times gazetasi anonim qolişni istagan amerikalik rasmiylarga asoslanib xabar bermoqda.
Rasmiylarning aytişiça, operatsiya nafaqat Rossiyaning strategik imkoniyatlariga zarar yetkazgan, balki Ukraina atigi 600 dollarlik uçuvçisiz uçiş apparatlari yordamida qiymati 100 million dollardan ortiq bölgan harbiy samolyotlarni yöq qilişga qodirligini ham körsatgan.
Şu bilan birga, manbalarning ta’kidlaşiça, bu hujumlar, ularning fikriça, Rossiyaning Ukrainadagi operatsiyalarini qisqartirişga olib kelmaydi, balki Moskvaning «jiddiy» javobini keltirib çiqarişi mumkin.
Ukraina «Vaşington e’tiroz bildirişini bilgani uçun» bölajak operatsiya haqida Qöşma Ştatlarni xabardor qilmadi, dedi rasmiylar.
1 iyun kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina FPV dronlardan foydalangan holda Rossiyaning beşta hududidagi harbiy aerodromlarga hujum qilgani haqida xabar berdi.
«Bugun Kiyev rejimi FPV dronlar yordamida Murmansk, Irkutsk, Ivanovo, Ryazan va Amur viloyatlaridagi aerodromlarga qarşi terakt uyuştirdi», — deyiladi xabarda.
«Ivanovo, Ryazan va Amur viloyatlaridagi harbiy aerodromlarda barça teraktlar qaytarildi. Murmansk va Irkutsk viloyatlarida aerodromlar yaqinida joylaşgan hududdan FPV dronlarning uçirilişi natijasida bir neçta samolyotlar yonib ketdi», — deya xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Ayni paytda Ukraina tomoni Rossiya havo bazalariga Ukraina uçuvçisiz uçoqlarining hujumlari natijasida strategik qanotli raketa taşuvçilarning 34 foizi yöq qilinganini ma’lum qildi.
«7 milliard AQŞ dollari. Bu SBUning «Pautina» maxsus operatsiyasi natijasida bugun yöq qilingan duşman strategik aviatsiyasining taxminiy qiymati», — deyiladi Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) Telegram-kanalida.


















