Samarqand viloyatida 19 nafar hokim yordamçisi jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş hududiy kengaşining navbatdagi yiğilişida ma’lumot berildi.

Qayd qilinişiça, sohada manfaatlar töqnaşuviga oid hamda korrupsiyaga moyil bölgan munosabatlar saqlanib qolmoqda. Xususan, joriy yil birinçi çoragida 3300 dan ortiq holatda hisobotlarga qöşib yozilişi aniqlangan va buning oqibatida 80 nafardan ortiq hokim yordamçisi va boşqa mas’ullarga nisbatan intizomiy, ma’muriy va jinoiy iş qözğatilgan. 19 nafar hokim yordamçisi jinoiy javobgarlikka tortilgan. 3 milliard sömlik subsidiya, nafaqa va kredit mablağlari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Ta’kidlanişiça, hokim yordamçilari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning salmoqli qismi Samarqand şahri, Urgut, Iştixon va Oqdaryo tumanlariga töğri keladi, mahalliy hokimlik idoralari yoki bandlik organlari tomonidan xizmat tekşiruvlari ötkazilmagan.

Bundan taşqari, bandlik organlarining «Yagona milliy mehnat tizimi» elektron platformasi orqali amalda iş bilan band bölgan yoki özini özi band qilgan 155 nafar fuqaro uçun BHM 30 barovarigaça miqdorda subsidiyalar berilgan. Bunday holatlarga asosan Kattaqörğon şahri, Kattaqörğon, Nurobod, Narpay, Jomboy, Oqdaryo, Bulunğur Samarqand va Payariq tumanlarida yöl qöyilgan.

Qayd qilinişiça, bandlik organlarining 12 nafar xodimi va 25 nafar hokim yordamçisi tadbirkorlik sub’yekti taşkil qilib, boşqarib kelgan.

Hududiy kengaş raisi Ş.Negmatov qayd etilgan holatlarni tezkor bartaraf etiş, sohada korrupsiya va manfaatlar töqnaşuvi bilan boğliq har qanday munosabatlarga çek qöyiş yuzasidan mas’ullar oldiga aniq vazifalar qöygani ta’kidlanmoqda.