Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Oleksandr Sirskiy «1+1» telekanaliga bergan intervyusida Rossiya Bryansk oblasti hududidan Ukraina şimoliga hujum qilişini uruşning keyingi rivojida ehtimoli eng yuqori bölgan variant deb atadi.
Jurnalistning Belarusning Ukraina bilan çegarasida harbiy infratuzilma rivojlantirilayotgani haqidagi savoliga javoban Sirskiy hozirça bu uçastkada Rossiya qöşinlari töplanişi kuzatilmayotganini aytgan.
Ammo, undagi ma’lumotlarga köra, Rossiya hukumati Kiyevga qaytadan hujum qiliş variantlarini işlab çiqmoqda.
«Biz bilamizki, Putin Rossiya boş ştabiga hujum operatsiyasi olib borişning turli variantlarini, jumladan, Belarus hududidan turib Kiyevga hujum qiliş imkoniyatlarini körib çiqiş vazifasini qöygan», – degan u.
Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni hisoblaşiça, bular real variantlar emas.
«Sönggi voqealardan kelib çiqib, Belarus rahbariyati öz hududini agressorga öz yuriş amaliyotini ötkazişi uçun platsdarm sifatida taqdim etişga rozi böladi, deb öylamayman», – deydi Sirskiy.
Sirskiy «sönggi voqealar» deganda nimani nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmagan, ammo gap Ukraina qurolli kuçlari bahorda va yozning birinçi oyida Ukrainaning bosib olingan hududlari hamda Rossiyaning içkari hududlariga yöllangan intensiv zarbalar haqida ketayotgan bölişi mumkin. Harbiy ekspertlarga köra, Ukrainada zarbdor dronlar böyiça ustunlik paydo bölgan.
May oyi örtalarida Ukrainadagi ayrim rasmiylar va harbiylar Rossiya Belarus tomonidan yangi hujumga tayyorgarlik körayotgani va unda Belarus qöşinlari iştirok etişi mumkinligini aytib çiqqandi.
Sirskiy şimoldan, ya’ni Rossiyaning Bryansk oblasti hududidan hujum qiliş variantini istisno etmaydi.
«Nisbatan ehtimoliy variant, buni ayrim ma’lumotlar ham tasdiqlaydi – bu mamlakat şimoliga Rossiyaning Bryansk oblasti hududidan hujum qilinişi. Bu real variant va biz bunga tayyorgarlik köryapmiz», – deya qayd etgan Sirskiy. Jurnalistning Kiyevga hujum qilinişi ehtimoli qançalik ekani haqidagi aniqlaştiruvçi savoliga javoban qömondon şunday degan: «Yöq, Kiyevga emas, Çernihiv oblastiga».
Uning sözlariga köra, bunday hujumdan maqsad Ukrainaning çegara zonasidagi hududini bosib oliş va Ukraina qömondonligini kuçlarning bir qismini Donbassdan mamlakat şimoliga köçirişga majbur qiliş bölişi mumkin.













