Tomonlar asosiy e’tiborni shu kunlarda o‘zbek-qozoq chegara o‘tkazish punktlarida kuzatilayotgan yengil avtotransport vositalari tirbandligini tezkor bartaraf etishga qaratishdi.
Tomonlar tirbandlikni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida qo‘shimcha kuch va vositalarni safarbar etishga kelishib oldi.
Shuningdek, «Navoiy» chegara bojxona postida chiqish yo‘nalishida yengil avtomobillar harakati kamligi sababli ushbu yo‘nalish orqali O‘zbekistonga kirishdagi yengil avtomobillarning (reversiv) harakati yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida mazkur postda tirbandlik to‘liq bartaraf etildi, deyiladi Bojxona qo‘mitasi xabarida.















