Hujjat bilan Budjet tizimi budjetlari hisobidan foydalanişga topşirilgan obektlarning kafolat muddati davomida ularni suğurtalaş yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Belgilanişiça, foydalanişga topşirilgan obektlarni kafolat muddati davomida tijorat banklari tomonidan suğurtalaş yoki kafolatlaş ixtiyoriy ravişda amalga oşiriladi.

Pudratçi taşkilot öz xohişiga köra obekt foydalanişga topşirilgandan söng buyurtmaçiga kafolat muddati davomida suğurta yoki bank kafolatini taqdim etiş yöli bilan obektning umumiy qiymatini töliq moliyalaştirişni taklif qiladi.

Obektni foydalanişga topşiriş dalolatnomasi tasdiqlangandan va pudratçi taşkilot tomonidan buyurtmaçiga bank kafolati yoki suğurta şartnomasi (suğurta polisi) taqdim etilgandan keyin buyurtmaçi tomonidan 10 iş kuni mobaynida obektning qoldiq qiymati tölanadi.

Ixtiyoriy suğurta şartnomasi asosida suğurtalovçi obektda aniqlangan kamçiliklar natijasida buyurtmaçiga yetkazilgan zararning qoplanişini suğurta qiladi.

Suğurta şartnomasi (suğurta polisi) böyiça binolar va inşootlar foydalanişga topşirilgandan keyin suğurta qildiruvçining ularga nisbatan kafolat majburiyatlari bilan boğliq kutilmagan xarajatlar (zararlar) xavfi suğurtalanişi mumkin.

Kafolat muddati davomida yuzaga kelişi mumkin bölgan közda tutilmagan xarajatlar (zararlar) xavfi bilan boğliq bölgan pudrat taşkilotining mulkiy manfaatlari suğurta obekti hisoblanadi.

Pudratçi taşkilot uçun uning buyurtmaçi oldidagi kafolat majburiyatlari doirasida ta’mirlaş (almaştiriş, tiklaş) bilan boğliq közda tutilmagan xarajatlar (zararlar)ning yuzaga kelişi suğurta hodisasi deb e’tirof etiladi.

Suğurta hodisasi quyidagilar aniqlanganda sodir böladi:

• kafolat muddati davomida quriliş-montaj va işga tuşiriş-sozlaş işlari jarayonida pudratçi taşkilot tomonidan yöl qöyilgan kamçiliklar;
• kafolat majburiyatlari böyiça ta’mirlaş işlarini bajarişda pudratçi taşkilot yoki u vakolat bergan şaxslar tomonidan yöl qöyilgan boşqa kamçiliklar.

Tijorat banklari pudrat taşkiloti tomonidan quriliş-montaj işlari sifatsiz bajarilganligi va/yoki uşbu obektda pudrat şartnomasi şartlariga va/yoki şaharsozlik hujjatlariga muvofiq bölmagan sifatsiz asbob-uskunalar va mebel-anjomlar örnatilganligi aniqlanganligi natijasida buyurtmaçiga yetkazilgan zararning örni pudrat taşkiloti tomonidan foydalanişga topşirilgan obektning belgilangan kafolat muddati davomida ixtiyoriy ravişda qoplanişini kafolatlaydi.