Prezident Şavkat Mirziyoyev Abu-Dabidagi öyindan söng futbol böyiça Özbekiston milliy jamoasi a’zolariga qönğiroq qilib, ularni tarixiy yutuq – ilk bor jahon çempionatiga çiqqani bilan samimiy tabrikladi.

«Saralaş öyinlaringiz kuçli raqobat ostida ötgani, jamoamizga turli bosimlar bölganiga qaramasdan, zarur oçkolarni jamğarib, yuksak marralarni egallaşga qodir ekaningizni isbotladingiz.

Barça murabbiylar va farzandlarimni tabriklayman. 

Ayniqsa bugungi öyinda çinakam qahramon Ötkirbek Yusupov olti marta goldan asradi, buning uçun unga olti marta minnatdorçilik bildiraman», degan prezident.

Şundan söng Özbekiston rahbari jamoaning yetakçi futbolçilari, xususan, Otabek Şukurov, Odiljon Hamrobekov, Husniddin Alijonov maydon markazida öyinni töliq nazorat qilib, raqibga imkon qoldirmagani, Abbosbek Fayzullayevning tezkor harakatlari raqiblarni sarosimaga solib qöygani, Eldor Şomurodov va Jaloliddin Maşaripov futbolçilarni öz ortidan ergaştirganini e’tirof etgan.

Şundan keyin prezident Özbekiston milliy jamoasining barça a’zolari «Özbekiston iftixori» unvoni bilan mukofotlanişini ma’lum qildi.

«Timur Tahiroviç [Kapadze] men sizga ham alohida minnatdorçilik bildirmoqçiman. Timur, men farmonga qöl qöyaman. Özingiz boş butun jamoaga „Özbekiston iftixori“ unvoni beraman», — dedi u telefon suhbatida.

Prezident futbolçilar bilan suhbatlaşib ularni ham tarixiy ğalaba bilan tabrikladi va yana bir bor darvozabon haqida iliq fikrlar bildirdi.

«Ötkirbek [Yusupov], men seni qahramon deb bilaman. Özim hali seni körib quçoqlab, rahmat deyman», — dedi prezident.

Özbekiston milliy jamoasi 5 iyun kuni Jahon çempionati saralaşi 9-turida BAA bilan 0:0 hisobida durang öynab, mundial yöllanmasiga ega çiqdi. Bu Özbekiston tarixidagi ilk jahon çempionati böladi.