Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yig‘i, kulgi va bayram. O‘zbekiston mundialga chiqqan tarixiy o‘yindan fotogalereya
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi 5 iyun kuni Abu-Dabidagi «Al-Nahayon» stadionida mezbonlarga qarshi kechgan hal qiluvchi o‘yinda 0:0 hisobidagi durangga erishdi. Bu natija evaziga Timur Kapadze boshchiligidagi jamoa Argentina, Yaponiya, Eron, Yangi Zelandiya kabi jamoalar ortidan muddatidan oldin jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
O‘yin O‘zbekiston uchun oson boshlanmadi. Oston O‘runov 11-daqiqadayoq jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

O‘yin davomida, yarimhimoyachi Farrux Sayfiyev ham safdan chiqdi.

Darvozabon O‘tkir Yusupov bir necha bor seyvlari bilan O‘zbekistonni goldan saqlab qoldi.
Umuman, Timur Kapadzening tanlagan pragmatik uslubi yakunda jamoa uchun kerakli natijani keltirdi.
O‘zbekiston safarda olingan 1 ochko bilan o‘z hisobidagi ochkolarni 18 taga yetkazib, guruhda 2-o‘rinni kafolatladi. 3-o‘rinda bo‘lgan BAA endi O‘zbekistonga yeta olmaydi.
O‘zbekiston 8-urinishda mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi. O‘z tarixida ilk bor mundialga chiqqan O‘zbekiston jahon chempionatlari tarixidagi 81-jamoaga aylandi.
Endi milliy jamoa 2026-yilda AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tadigan jahon chempionatida qatnashadi.
O‘FA O‘zbekiston milliy jamoasining tarixiy o‘yindan fotogalereyani taqdim etdi.











































Mavzuga oid
21:56 / 27.01.2026
FIFA sobiq rahbari Blatter jahon chempionatini boykot qilishga chaqirdi
20:06 / 26.01.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi nazorat o‘yinida Xitoy bilan durangga erishdi
13:50 / 20.01.2026
Sizning JCh-2026 uchun chiptangiz: O‘zbekiston fuqarolari AQSh turist vizasini qanday olishlari mumkin?
20:36 / 19.01.2026