AQŞ prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Jinping telefon orqali muloqot qildi. Xitoyning «Sinxua» axborot agentligi xabariga köra, suhbat Amerika tomonining taşabbusi bilan bölib ötgan.

Trampning sözlariga köra, ikki yetakçi örtasidagi suhbat taxminan bir yarim soat davom etgan. AQŞ prezidenti suhbatni «juda yaxşi» deb atadi.

«Biz yaqinda tuzilgan va kelişilgan savdo bitimining ayrim tafsilotlarini muhokama qildik. Suhbat taxminan bir yarim soat davom etdi va har ikki davlat uçun juda ijobiy yakunlandi», dedi Tramp.

Si Jinping Trampni Xitoyga taklif qildi va AQŞ prezidenti bunga rozi böldi.

«Suhbat deyarli töliq savdoga bağişlandi. Rossiya, Ukraina yoki Eronga oid heç narsa muhokama qilinmadi», deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi postida.

Xitoy tomoni hozirça suhbat tafsilotlarini ma’lum qilmadi.

Tramp ma’muriyati hokimiyatga kelganidan söng AQŞ Xitoy bilan savdo uruşiga kirişdi. Vaşington uşbu mamlakatdan import qilinadigan barça tovarlarga tariflarni 145 foizga oşirdi, Pekin esa 125 foiz miqdorida simmetrik çoralarni joriy qildi. May oyida Jyenevada bölib ötgan uçraşuvlarda tomonlar Xitoy tovarlariga AQŞ tariflarini 145 dan 30 foizga kamaytirişga va aksinça, Xitoyning AQŞ mahsulotlariga bojlarni 90 kunga 125 dan 10 foizga tuşirişga kelişib olgan edi. Şundan söng Pekin Vaşingtonni savdo kelişuvini «jiddiy buzganlikda» aybladi va öz manfaatlarini himoya qiliş çoralarini körişga va’da berdi.