Toşkent şahrida bölib ötgan muzokaralar yakunida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Slovakiya boş vaziri Robert Fitso Strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi qöşma deklaratsiyani imzoladi.

Yetakçilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar, xususan:

- diplomatik kadrlar tayyorlaş töğrisida;

- qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlik töğrisida;

- standartlaştiriş, metrologiya va tovarlarning muvofiqligini baholaş sohasidagi hamkorlik töğrisida;

- energetika bozorlarini tartibga soliş sohasidagi hamkorlik töğrisidagi bitimlar;

- 2025-2026 yillarga möljallangan taşqi işlar vazirliklari örtasidagi hamkorlik dasturi;

- 2025-2026 yillarga möljallangan standartlaştiriş sohasidagi hamkorlik dasturi almaşildi.