Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom tartibsizliklar tufayli AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan qabul qilingan Milliy gvardiya bölinmalarini Los-Anjyelesga yuboriş töğrisidagi qarorni rasman bekor qilişni talab qildi.

9 iyunga ötar keçasi Nyusom X ijtimoiy tarmoğida Pentagon rahbari Pit Hegsetga murojaati nusxasini e’lon qildi, unda u, xususan, agar vaziyat taşqi kuçlar bosqini yoki davlat hokimiyatiga tahdid soladigan tartibsizliklarga taalluqli bölmasa, faqat ştat gubernatori federal hokimiyatga Milliy gvardiyani kiritiş sörovi bilan murojaat qilişi mumkinligini aytgan.

Kaliforniya gubernatori Milliy gvardiya bölinmalarining Los-Anjyelesga kiritilişi «vaziyatni jiddiy keskinlaştirişi» mumkinligini ta’kidlagan va bu bekor qilinişini talab qilgan.

«Tramp aralaşmagunça bizda muammo yöq edi. Bu ştat suverenitetining jiddiy buzilişi – keskinlikni qözğatiş va resurslar aslida kerak bölgan joydan çiqib ketişi», – deya qayd etgan Nyusom.

MSNBC telekanaliga bergan intervyusida Nyusom Kaliforniya rasmiylari duşanba kuni Los-Anjyelesda Milliy gvardiyaning kiritilişiga sudda e’tiroz bildirişini aytdi. Trampning bu qarorini Nyusom «noqonuniy, axloqsiz va konstitutsiyaga zid» deb atadi, deb yozadi CNN. Gubernator bu qaror vaziyatni normallaştirişga yordam bermay, faqat «olovga moy quyişi»ni ta’kidlagan.

Los-Anjyeles janubidagi Paramount şahrida 6 iyun kuni keçqurun migrantlarga qarşi reydlardan söng tartibsizliklar boşlandi, natijada önlab odamlar qölga olindi. Reydlarga qarşi namoyişçilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari örtasida töqnaşuvlar sodir bölgan. Tartibsizliklar 7 iyun kuni ham davom etdi. Namoyişçilar çegara patruli maşinalariga toş uloqtirgan. Bunga javoban huquq-tartibot idoralari xodimlari rezina öqlardan foydalangan. Tramp Los-Anjyelesga Milliy gvardiyaning ikki ming nafar askarini yuborayotganini ma’lum qildi. AQŞ prezidenti ma’muriyati noqonuniy muhojirlarga qarşi kuraş bilan şuğullangan huquq-tartibot idoralari xodimlariga hujum qilişga yöl qöyib bölmasligini ta’kidladi. Kaliforniya gubernatori esa zöravonlik işlatmaslikka çaqirdi va ştat huquq-tartibot idoralari vaziyatni özlari hal qila olişini ta’kidladi.