Davlat aktivlarini boşqariş agentligi “Universal Mobile Systems” MÇJ (savdo belgisi – Mobiuz) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat uluşini xususiylaştiriş böyiça xalqaro oçiq savdo jarayoni boşlanganini e’lon qildi.

Rothschild & Co xalqaro investitsiya banki bitim böyiça yetakçi strategik va moliyaviy konsultant sifatida jalb etilgan. Moliyaviy, soliq va yuridik ekspertiza (“vendor due diligence”) ötkaziş KPMĞga topşirilgan. Deloitte mustaqil baholovçi sifatida iştirok etadi.

2024 yil yakuniga köra, Mobiuz'ning sof tuşumi 2 086 mlrd sömni, abonentlari soni 7,8 mln nafarni taşkil etgan.

Qayd etilişiça, xususiylaştiriş oçiq raqobat asosida amalga oşiriladi, unda ham mahalliy, ham xalqaro darajada barça qiziquvçilar qatnaşişi mumkin.

Savdo uç bosqiçda amalga oşiriladi:

  • sotib olişga qiziqiş bildiriş;
  • majburiyatga ega bölmagan takliflarni qabul qiliş;
  • majburiyatga ega bölgan takliflarni qabul qiliş

Qiziqiş bildiriş töğrisidagi arizalar 2025 yil 1 avgust Toşket vaqti bilan soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Kelib tuşgan arizalar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • aktivni sotib oliş uçun moliyaviy resurslarning yetarliligi;
  • xususiylaştiriş jarayonida iştirok etilişini taqiqlaşi mumkin bölgan ma’muriy, hakamlik yoki boşqa sud jarayonlarining yöqligi;
  • “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuniga rioya etilişi;
  • talabgor va uning aksiyadorlari/iştirokçilarining heç biri davlat kompaniyasi emasligi;
  • talabgor va uning tegişli şaxslaridan heç biri Yevropa Ittifoqi va AQŞning, şuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari röyxatiga kiritilmagan bölişi;
  • ariza topşirilgan sanada talabgor sanksiyalangan şaxs yoki yuqorida aytib ötilgan sanksiya organlari tomonidan har qanday iş yoki tergov obekti bölmasligi;
  • talabgor va uning tegişli şaxslaridan heç biri sanksiyalar rejimiga zid har qanday faoliyatga (töğridan töğri yoki biron bir şu’ba korxonasi orqali) jalb etilmagan bölişi;