AQŞ migratsiya xizmati tiktoker Habi Leymni mamlakatdan çiqarib yubordi. Bu haqda France24 naşri xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, asli senegallik bölgan Leym AQŞga 30- aprelda kelgan va viza muddati tugagan bölsa ham mamlakatni tark etmagan. Migratsiya xizmati Leymni 6 iyun kuni Las Vegas xalqaro aeroportida uşlagan. Ammo şu kunning özida qöyib yuborilgan. Çunki Leym AQŞdan ixtiyoriy ravişda çiqib ketişga ruxsat olgan.

Hozirda Italiya fuqarosi bölgan Habi mazkur voqeaga heç qanday munosabat bildirgani yöq, va TikTok’da yangi videolarni ulaşişda davom etmoqda.

Qayd etiş kerak, AQŞ migratsiya xizmati 5 iyun kuni mamlakat böylab 2200 nafar noqonuniy migrantlarni uşlaganini e’lon qildi. Buning ortidan migrantlar AQŞda norozilik namoyişlarini ötkaza boşladi. Ular politsiya bilan töqnaşdi, şundan keyin AQŞ armiyasi Los Anjyelesga 300 ga yaqin harbiylarni joylaştirişga majbur böldi.