2025 yil don hosilidan boşlab, davlat resurslari hisobidan xarid qilingan buğdoy böyiça hisob-kitoblarni amalga oşiriş uçun "Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi" AJ har yili 1 iyunga qadar yanvar-aprel oylarida şakllangan örtaça narxdan kelib çiqib, 3-sinf buğdoy uçun örtaça narxni özining rasmiy saytida e’lon qilişi belgilandi.

Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga omborlardan don qabul qiliş va beriş jarayoni, şuningdek Jamğarma, tijorat vakillari va buğdoy yetiştiruvçilar örtasidagi moliyaviy hisob-kitoblarning tezkor va şaffof amalga oşirilişini ta’minlaş uçun yaratilgan d-xarid.uz axborot tizimi orqali şartnoma asosida don xarid qilişga ruxsat berildi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2025 yil hosilidan vaqtinça saqlaş, davlat resursi va uruğlik uçun buğdoyni qabul qiladigan omborlar dislokatsiyasi;
  • 2025 yil hosilidan davlat resursiga xarid qilinadigan buğdoyning sinflar kesimidagi narxlarini aniqlaş koeffitsiyentlari;
  • 2026 yil hosili uçun tayyorlanadigan uruğlik buğdoyni vernalizatsiya qiliş uçun sovitkiçli omborxonalarda saqlaş hajmlari.