Keça “Bunyodkor” stadionida Özbekiston va Qatar milliy terma jamoalari futbol böyiça jahon çempionati saralaş öyinida maydonga tuşdi.

Rasmiy tadbirlar köp bölişiga qaramay, prezident Şavkat Mirziyoyev uçraşuvni stadionga kelib tomoşa qildi.

Muxlislar e’tiborini tortgan jihati – davlatimiz rahbarining yonida Toşkentdagi investitsiya forumiga kelgan Bolgariya prezidenti Rumen Radev, Slovakiya boş vaziri Robert Fitso, Qozoğiston boş vaziri Oljas Bektenov, Qirğiziston hukumati raisi Adilbek Kasimaliyev, Tojikiston boş vaziri Qohir Rasulzoda, Ozarbayjon boş vaziri Ali Asadov, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi örinbosari Nokerguli Ataguliyev va boşqa ramiylar ham bor edi.

Bu mazkur hamkor mamlakatlar bilan munosabatlardagi samimiylik, Özbekiston Prezidentiga bölgan katta hurmatning bir körinişi. Ular nafaqat öyinni kuzatdi, balki tomoşabinlar, xalqimiz bilan birga xursand böldi.

Özaro işonç va hurmatga qurilgan bunday munosabatlar, albatta, iqtisodiyotda ham öz aksini topadi. Buni investitsiya forumidagi kelişuvlardan, forum doirasidagi diplomatiyadan ham bilsa böladi.

Masalan, Slovakiya boş vaziri Robert Fitso Özbekiston tanlagan iqtisodiyot yöli samarali ekanini ta’kidladi. “Mamlakatni dono va bilimli yetakçi boşqarmoqda”, dedi u.