JÇ–2026 saralaşi, A guruhi, 10-tur
10 iyun, seşanba, «Bunyodkor» stadioni
Özbekiston – Qatar 3:0
Gollar: Aziz Turğunboyev 28, Eldor Şomurodov 86, Igor Sergeyev 90+2
Özbekiston: Yusupov, Husanov, Alijonov (Töxtaxöjayev 90), Mozgovoy, Hamrobekov (Böriyev 82), Maşaripov (Erkinov 82), Nasrullayev, Şomurodov (Igor Sergeyev 90), Turğunboyev (Iskanderov 62),Fayzullayev, Aliqulov.
Qatar: Salah Zakariyo, Abdulla Yusuf, Ahmad Suhayl, Homam al Amin (Ismoil Muhammad 76), Bassam, Abdulaziz Hatim (al Mannay 46), Ahmad al Ganehi (Edmilson 57), Amro Surag (Muntari 57), Assim, Mustafo Meşal, Akram Afif (Abdilrahmon Fahmi 67).
Ogohlantirişlar: Abdulaziz Hatim 33, Bassam 41, Afif 67, Muntari 67, Humuma 72.
Futbol böyiça Özbekiston milliy jamoasi JÇ-2026 saralaş turnirining oxirgi turida Qatar ustidan yirik hisobda ğalabaga erişdi. 10 iyun kuni Toşkentdagi «Bunyodkor» stadionida ötkazilgan uçraşuv 3:0 hisobida mezbonlar ğalabasi bilan yakunlandi.
Birinçi bölimda Aziz Turğunboyev hisobni oçdi. U 28-daqiqada öng qanotda ikki raqibdan ötib, jarima maydoniga yorib kirdi va töpni tösin ostidan darvoza töriga kiritib, supergol muallifiga aylandi.
Öyin davomida mezbonlar töliq ustunlikka erişdi, birinçi bölimda ham, ikkinçi bölimda ham jamoa yetakçisi Eldor Şomurodovda hisobdagi farqni oşiriş uçun yetarliça imkoniyatlar böldi. Ammo faqat 86-daqiqaga kelib öz maqsadiga erişdi. Ikkinçi bölimda zaxiradan öyinga qöşilgan Jamşid Iskanderovning maydonning ikkinçi qismidan bergan uzatmasiga yetib borgan hujumçi bir harakat bilan töpni öziga böysundirib, ikkinçi harakatda mehmonlar darvozasini işğol etdi.
90+1-daqiqada esa Şomurodovning örniga maydonga tuşirilgan Igor Sergeyev burçakdan oşirilgan töpni darvoza töriga yölladi, bu uning töpga birinçi teginişi edi. E’tiborli jihati, unga ham Iskanderov assistentlik qildi.


















