Qayd qilinişiça, reglamentga muvofiq, 2025/2026-öquv yili uçun 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqiçda amalga oşiriladi:

- 1-bosqiç: 20 iyundan 31 iyulgaça mikrohudud doirasida;

- 2-bosqiç: 1 avgustdan 15 avgustgaça mikrohududdan taşqarida.

1-sinfga qabul jarayonlari ba’zi tuman va şaharlarda (.pdf) elektron şaklda davlat xizmatlari orqali amalga oşiriladi. Bunda ota-onalar 20 iyundan boşlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali röyxatdan ötib, ariza topşirişi mumkin.

Davlat xizmatlari körsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan öquvçilar vazirlik elektron tizimiga (adm.maktab.uz) kiritiladi.

Ta’kidlanişiça, «Ta’lim töğrisida»gi qonunga muvofiq, bolalar 7 yoşga töladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018 yil 31 dekabriga qadar tuğilgan bolalar qabul qilinadi.