Hindiston ğarbidagi Gujarot ştatida Ahmadobod şahri aeroportidan Londonga uçgan yölovçi samolyot halokatga uçradi. Hodisa aeroportdan uzoq bölmagan joyda röy bergan. Flightradar servisi ma’lumotlariga köra, Air India aviakompaniyasining Boeing 787-8 Dreamliner samolyotidan sönggi signal mahalliy vaqt bilan soat 10:08 da – parvozdan ikki daqiqa ötib qabul qilingan.
Parvozlarni kuzatiş bilan şuğullanuvçi Flight Radar servisi aniqlik kiritişiça, Boeing 787-8 Dreamliner amalga oşirgan reys mahalliy vaqt bilan soat 09:50 da uçişi kerak bölgan, ammo parvoz biroz keçikkan.
Samolyot soat 10:06 da havoga kötarilgan, ikki daqiqa ötmay laynerdan signal kelişi töxtagan.
Halokat haqidagi xabardan köp ötmay ijtimoiy tarmoqlarda avialayner parvozga çiqqan va qulaşdan oldingi lahzalar aks etgan video paydo böldi. Boşqa roliklarda esa samolyot qulab tuşgan joyda kötarilgan quyuq qora tutunni köriş mumkin.
Air India aviakompaniyasi rasmiy bayonotida Ahmadoboddan Londondagi Getvik aeroportiga uçgan AI171 reysi bilan boğliq «hodisa» röy bergani va qöşimça ma’lumotlar keyinroq berilişi va’da qilingan. Öz navbatida, Londondagi aeroport ham mazkur reys şu yerga soat 18:25 da qönişi kerak bölganini bildirgan.
Hindiston fuqaro aviatsiyasi boş boşqarmasi samolyot bortida 242 kişi bölgani – şundan 230 nafari yölovçilar, ikki nafari uçuvçi va yana 10 nafari bort kuzatuvçilar ekanini ma’lum qilgan.
Dastlab mahalliy News18 telekanali kamida 133 kişi halok bölganini xabar qildi. Hindiston soğliqni saqlaş vazirligi «juda köp odam» halok bölgani haqida xabar berdi, ammo qurbonlar soniga aniqlik kiritmadi.
Köp ötmay Hindiston politsiyasi vakili AP agentligiga katta ehtimol bilan aviahalokat oqibatida yölovçilar va ekipaj a’zolari orasida omon qolganlar yöqligini ma’lum qildi.
Samolyot aholi yaşaş uylari joylaşgan kvartalga tuşgani tufayli, quruqlikdagilar orasida ham qurbonlar bor. Reuters şifoxonalarga 100 kişining jasadi olib borilganini aniqlagan. Qurbonlar orasida layner qulagan yotoqxonada bölgan tibbiyot oliygohi talabalari ham bor.


















