Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev samolyot aviahalokati yuzasidan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi
Davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ahmadobod shahri hududida yuz bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya maktubi yo‘lladi.
Davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
12 iyun kuni Hindiston g‘arbidagi Gujarot shtati, Ahmadobod shahri aeroporti yaqinida yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Air India aviakompaniyasining Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Londonga parvoz chog‘ida turar joylar hududiga quladi. Uning sahnida 242 nafar yo‘lovchi bo‘lgani, ko‘pchiligi Hindiston va Buyuk Britaniya fuqarolari ekani aytilmoqda. Mahalliy politsiya xabariga ko‘ra, yo‘lovchilar orasida tirik qolganlar yo‘q. Samolyotning qulab tushishi sabablari noma’lum.
Mavzuga oid
10:10 / 04.04.2026
Hindiston O‘zbekistonda bodomzorlar tashkil etadi
15:19 / 02.04.2026
Bir milliarddan ortiq aholi, uch million amaldor, 33 ta savol - Hindistonda aholini ro‘yxatga olish boshlandi
08:30 / 02.04.2026
Dunyoda eng ko‘p kamera o‘rnatilgan shaharlar reytingi
17:57 / 01.04.2026