Dehqonobod tumani hokimi örinbosariga nisbatan jinoyat işi qözğatildi.

Ma’lum qilinişiça, korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida DXX Qaşqadaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Dehqonobod tumani hokimi örinbosari qölga olingan.

Hokim örinbosari mahalliy fermer xöjalik rahbarining işonçiga kirib, uning joriy yilgi 300 kg pilla topşiriş rejasini yopib beriş evaziga jami 21 mln söm pora talab qilgan. U şundan 7 mln sömini özining xizmat xonasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Holat yuzasidan hokim örinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.