Buxoro viloyati hokimligi Botir Zaripovning mas’ullarga qandaydir binoni buzib taşlaşni buyurgani aks etgan video lavhaga munosabat bildirdi. Hokimlik raddiyasida Zaripov “içidagi odami bilan kömib taşlaş”ni buyurgan bino yölak ekani ma’lum qilingan.

Hokimlikka köra, joriy yilning 22 may kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boşçiligidagi işçi guruhi Buxoro şahridagi 2-sonli davlat maktabgaça ta’lim muassasasida amalga oşirilayotgan quriliş-ta’mirlaş işlarining borişini közdan keçirgan.

“140 öringa möljallangan mazkur muassasa 1961 yilda qurilgan va hozirda ta’mirtalab holga kelib qolgan. Ötkazilgan xatlovga asosan mahalliy budjet hisobidan zarur mablağlar ajratilib, boğçada kapital ta’mirlaş işlari olib borilmoqda.

Örganiş çoğida viloyat hokimi quriliş işlarini jadallaştiriş va qisqa muddatda yakunlaş yuzasidan şahar hokimligi va soha mas’ullariga topşiriqlar berdi.

Şuningdek, örganiş jarayonida Botir Zaripov davlat boğçasi hududi obodonlaştirilmaganligi, boğçaga tutaş bölgan hududdan özboşimçalik bilan egallangan umumiy ovqatlaniş obekti egasi tomonidan boğça hududida tegişli ruxsatlarsiz, xufyona noqonuniy kiriş-çiqiş yölagi oçilganligi, bundan taşqari boğça hududining bir qismida yuqori kuçlanişli transformator atrofi temir panjara bilan örab olinmaganligi yuzasidan e’tirozlarini bildirdi.

Amaldagi qonunçilikka köra, viloyat hokimlari zimmasiga muassasalarning xavfsizligini ta’minlaş, şu jumladan, hududlar atrofini öraş, ularga huquqbuzarliklar profilaktikasi böyiça inspektorlarni biriktiriş, kuzatuv kameralari va yonğinga qarşi signalizatsiya tizimlarini örnatiş çoralarini köriş, şuningdek, muassasa hududining va köçmas mulkining butunligini hamda daxlsizligini belgilangan tartibda ta’minlaş vazifalari yuklatilgan.

Videolavhada tilga olingan “buzib taşla” jumlasida aynan öşa boğça hududida tegişli ruxsatlarsiz, xufyona, noqonuniy kiriş-çiqiş yölagini bartaraf etilişi nazarda tutilgan.

Bunda, viloyat hokimi tomonidan 140 nafar boğça tarbiyalanuvçisining xavfsizligini ta’minlaş hamda yuz berişi mumkin bölgan turli noxuş, noqonuniy holatlarning oldini oliş - asosiy maqsad bölgan”, deyiladi hokimlik raddiyasida.

Qöşimça qilinişiça, viloyat hokimining xususiy boğçalarni buzib taşlaş böyiça topşiriq bergani haqidagi xabarlar asossiz va haqiqatga töğri kelmaydi.