13 iyunga ötar keçasi, mahalliy vaqt bilan soat tungi uç atrofida Isroil Eronga hujum boşladi. Isroil harbiy-havo kuçlari Natanz va Fordodagi uranni boyitiş korxonalari, Kirmonşoh va Xurramoboddagi raketa bazalari, şuningdek, Tehron, Isfaxon, Tabriz va Eronning boşqa yirik şaharlariga zarbalar berdi.
Hujum nişonlari Eron qurolli kuçlari va Islom inqilobi muhofizlari korpusi rahbariyati, şuningdek, yadro dasturi ustida işlayotgan olimlar bölgan. Şuningdek, islom respublikasi diniy rahbariyatining köplab vakillari yaşaydigan Qum şahriga ham zarbalar berildi.
IRNA davlat axborot agentligi Isroil zarbalari oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusi qömondoni Husayn Salomiy, Eron qurolli kuçlari birlaşgan ştab boş qömondoni – general Muhammad Bağiriy va Eron qurolli kuçlari qömondoni örinbosari – general Ğulom Ali Raşid ham halok bölganini xabar qilgan.
Şuningdek, yadro sohadsidagi olti nafar fizik, jumladan, Eron atom energetikasi taşkilotining sobiq rahbari Fariddun Abbosiy ham öldirilgan.
Isroil mudofaa kuçlari vakili Efi Defrinning aytişiça, bu Eron «yadro quroliga ega bölişga har qaçongidan ham yaqinlaşgani» bilan boğliq ogohlantiruvçi hujumdir. «Isroil davlati Isroil davlatini yöq qilişni maqsad qilgan rejimga ommaviy qirğin quroliga ega bölişiga yöl qöymaydi», – deya ta’kidladi u.

Sepan News / AFP / Scanpix / LETA
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu isroilliklarga ibroniy tilida, amerikaliklarga esa ingliz tilida murojaat yölladi. U Eronga qarşi operatsiya «Şerdek xalq» deb nomlanganini e’lon qildi. Uning sözlariga köra, Eron töqqizta atom bombasi uçun uran töplagan va uç yil içida ön mingta ballistik raketa işlab çiqarmoqçi.
Ingliz tilidagi murojaatida Netanyahu Eron rasmiylari ritorikasida Isroil faqat «kiçik şayton», «katta şayton» esa AQŞ ekanini alohida ta’kidladi.

Atta Kenare / AFP / Scanpix / LETA
Hozirça Eron tomonidan javob çoralari körilgani haqida ma’lumot berilmagan.














