Isroil 13 iyunga ötar keçasi Eron böylab zarba berişni boşladi. Havo hujumlari nişonlari uranni boyitiş böyiça korxonalar, raketa bazalari, şuningdek Islom inqilobi muhofizlari rahbariyati hamda yadro sohasidagi olimlar bölmoqda. Hujum davom etmoqda.

Hujumlar oqibatida yadro sohasi olimlari hamda Eron harbiy qömondonligi vakillari halok bölgan. Tehrondagilar olti nafar olim – Abdulhamid Manuçehr, Ahmadrizo Zulfiqoriy, Amir Husayn Feki, Mutallab Blizoda, Muhammad Mahdi Tehronçi va Fariddun Abbosiyning ölimini tasdiqlagan. Isroil mudofaa armiyasi avvaliga Eron qurolli kuçlari birlaşgan ştab boş qömondoni Muhammad Bağiriy, Islom inqilobi muhofizlari korpusi qömondoni Husayn Salomiy, Eron qurolli kuçlari qömondoni örinbosari – favqulodda vaziyatlar böyiça ştab boşliği Ğulom Ali Raşid öldirilgani haqida bayonot berdi.

Keyinroq Reuters agentligi Isroilning Eronga zarbalari oqibatida kamida 20 nafar eronlik yuqori martabali qömondon halok bölganini xabar qildi. Isroil harbiylari ma’lum qilişiça, qiruvçi samolyotlar Islom inqilobi muhofizlari korpusi havo-kosmik kuçlari qömondoni Amir Ali Hojizoda va boşqa yuqori martabali mulozimlar yiğilgan obektga zarba bergan. Hojizoda bilan birga havo kuçlari dron bölinmasi qömondoni Tohir Pur va havo hujumidan mudofaa kuçlari qömondoni Dovud Şayxiyon ham halok bölgan.

General Amir Ali Hojizoda

Natanzdagi uranni boyitiş korxonasi zarbaga uçragan – Isroil maxsus xizmatlari ma’lumotlariga köra, obekt yakson etilgan. Xalqaro atom energetikasi agentligi Buşerdagi atom elektr stansiyasi, Fordodagi uranni boyitiş korxonasi va Isfahondagi yadro obektiga zarar yetmaganini ma’lum qilgan.

Isroil hujumi çoğida Tehronning ba’zi hududlari ham zarba ostida qoldi, turar joy binolariga zarar yetkazildi. Tasnim agentligi ma’lumotiga köra, poytaxtda 50 kişi jarohatlangan, ulardan 35 nafari ayollar va bolalardir.

Qizil Yarim oy vakilining aytişiça, Eronning 12 viloyatida 100 nafarga yaqin odam jarohatlangan, ulardan 95 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Bir qutqaruvçi halok bölgan, yana biri yaralangan.

«Yuqori aniqlikdagi va sinxronlaştirilgan operatsiya»ni ötkaziş uçun 200 ta qiruvçi samolyot jalb qilingani, jami 330 ta turli öq-dorilar qöllangani, 100 dan ortiq nişonlar yöq qilingani ma’lum qilingan.

Eron Isroil hujumiga javoban yuzlab dron uçirdi.