Özbekistonning Maldiv Respublikasiga tayinlangan birinçi elçisi (qarorgohi Dehli şahrida joylaşgan) Sardor Rustamboyev mamlakat prezidenti Muhammad Muizzuga işonç yorliqlarini topşirdi.
Tantanali marosimdan söng bölib ötgan suhbat çoğida Özbekiston va Maldiv örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi munosabatlarning hozirgi holati hamda kelajakdagi rivojlaniş istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotning turli yönalişlarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş uçun katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.
Prezident Muhammad Muizzu Maldiv Respublikasi Özbekiston bilan BMT, IHT, boşqa xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar doirasida tomonlarni qiziqtirgan masalalar, jumladan, iqlim özgarişi, barqaror rivojlaniş va mintaqaviy xavfsizlik böyiça hamkorlikni yanada mustahkamlaşga tayyorligini bildirdi.
Alohida e’tibor turizm va oliy ta’lim yönalişida şeriklikni rivojlantirişga qaratildi. Xususan, Özbekiston oliy ta’lim muassasalarida Maldiv Respublikasi talabalarini öqitiş istiqbollari muhokama qilindi. Ikki davlat örtasida töğridan-töğri reyslarni oçiş, viza rejimini soddalaştiriş va qöşma sayohat paketlarini işlab çiqiş imkoniyatlarini körib çiqişga kelişildi.
Tomonlar oliy va yuqori darajadagi taşriflar taşkil qiliş, tadbirkorlar va boşqa soha vakillari delegatsiyalari almaşinuvini yölga qöyiş yuzasidan fikr bildirdi.
Özbekiston va Maldiv Respublikasi örtasidagi diplomatik munosabatlar 1994 yil 7 dekabr kuni örnatilgan.
Eslatib ötamiz, Özbekistonning yangi elçisi Sardor Rustamboyev Dehlida 2024 yil yanvar oyida öz faoliyatini boşlagan. Bundan oldin u Fransiya va Portugaliyadagi diplomatik vakolatxonasiga rahbarlik qilgan.












