May oyi oxirida Oliy Majlis Senatida Özbekistonning ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi örnini yaxşilaş töğrisidagi milliy ma’ruza körib çiqilgan edi. Kun.uz şu munosabat bilan bu boradagi sönggi bir yillik tendensiyani körib çiqdi.

2024 yilda kuçga kirgan qarorda Özbekiston uçun ustuvor 15 ta xalqaro reyting va indekslar röyxati keltirilgan. Uşbu maqolada mamlakatning ana şularga e’tibor qaratamiz.

Iqtisodiy erkinlik indeksi (Index of Economic Freedom)

Bu indeks Heritage Foundation tadqiqot markazi tomonidan e’lon qilib boriladi. “Iqtisodiy erkinlik indeksi – 2025” hisobotida Özbekiston 184 ta mamlakat orasida 58 ball bilan 100-örinni egallagan. Mamlakat reytingi 2024 yilga nisbatan 2,1 ballga yaxşilanib, 3 poğonaga yuqorilagan bölsa-da, iqtisodiyoti erkin bölmagan mamlakatlar qatorida qolyapti.

Iqtisodiy erkinlik indeksida respublika 12 ta indikatorning 8 tasida ijobiy özgarişlarni qayd etgan, 2 ta indikatorda esa salbiy özgarişlar kuzatilgan. Yana 2 ta indikator böyiça natijalar özgarişsiz qolgan.

“Özbekistonda umumiy qonun ustuvorligi zaif. Mamlakatdagi mulkçilik huquqi, sudning samaradorligi va hukumat yaxlitligi reytingi jahondagi örtaça körsatkiçdan past”, deyiladi hisobotda.

Matbuot erkinligi indeksi (Worldwide Press Freedom Index)

“Çegara bilmas muxbirlar” xalqaro taşkilotining 2025 yilgi OAV erkinligi indeksida Özbekiston 180 ta mamlakat orasida ötgan yilgi kabi 148-örinni egalladi va söz erkinligi böyiça vaziyat “juda jiddiy” davlatlar qatorida qoldi.

Özbekistondagi OAV erkinligining darajasi ötgan yili 100 balldan 37 ballga, bu yil esa 35 ballga baholangan. Reytingga asos böladigan indikatorlarning beşalasida ham pasayiş qayd etilgan.