Yangi Toşkent şahrida «Peterburg mahallasi» böladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Toşkent şahri hokimi Şavkat Umurzoqov Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Nikolay Linçenko boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşdi. Muzokaralar davomida şaharsozlik va şahar infratuzilmasini rivojlantiriş sohasidagi hamkorlik istiqbollari körib çiqildi.
Ta’kidlanişiça, Yangi Toşkent şahrida hududlararo şeriklik aloqalarini mustahkamlaşning ramzi sifatida «Peterburg mahallasi» turar joy va jamoat makonini barpo etiş ğoyasiga alohida e’tibor qaratildi.
Sankt Peterburg vitse-gubernatori Nikolay Linçenko sözlariga köra, loyiha «eski» Toşkentning şarqiy qismiga tutaş yangi şaharning bir qismiga aylanadi va Özbekiston tomoni bilan hamkorlikda işlab çiqilgan konsepsiya doirasida amalga oşiriladi.
«Hozir özbekistonlik hamkasblar bilan birgalikda işlab çiqilgan konsepsiya böyiça loyihani takomillaştirişda davom etmoqdamiz. Biz mahalla qurilişida Sankt-Peterburgning noyob me’morçiligi va diqqatga sazovor joylarining taniqli elementlaridan foydalanişni rejalaştirmoqdamiz. «Peterburg mahallasi» hududidagi köça va yöl tarmoğini investor quradi. Qurilişni boşlaş 2026 yilga möljallangan», dedi Linçenko.
Uning eslatişiça, mahallani taşkil etişga peterburglik mutaxassislarni jalb qiliş taşabbusi 2023 yilda bölib ötgan Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ilgari surilgan. Loyiha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Yangi Toşkent şahrini quriş direksiyasi» bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda.











