Isroil mudofaa kuçlari (IDF) 13 iyun kuni keçqurun Eron Isroilga ballistik raketalarni uçirganini e’lon qildi.

«Mudofaa tizimlari tahdidni bartaraf etiş ustida işlamoqda. Aholidan xavfsiz hududlarda boşpana topiş va keyingi ogohlantirişgaça u yerda qoliş söraladi», deyiladi IDF bayonotida.

Eron Isroilga qarata 100 ga yaqin raketa uçirdi, deb xabar berdi The Times of Israel harbiy manbaga tayanib.

Isroil böylab havo hujumi sirenalari yangradi.

Şu bilan birga, Eronning raketa hujumidan söng Tel-Aviv şahrida portlaş ovozlari eşitildi, deb xabar berdi Reuters.

Raketa zarbasidan keyin Tel-Aviv uzra tutun kötarildi, deb yozdi The Times of Israel.

IDF xabariga köra, Eron Isroilga önlab ballistik raketalarni uçirgan.

Talofatlar va qurbonlar haqida ma’lumot berilmadi.