Eron 13 iyun kuni keçqurun Isroil yönalişida yuzlab ballistik raketalar uçirdi. «Xavfni qaytariş uçun mudofaa tizimlari işlamoqda. Aholidan himoyalangan joylarga yaşiriniş va keyingi buyruqlargaça öşa yerda qoliş söraladi», – deyilgan Isroil mudofaa armiyasi bayonotida. Hujum mahalliy vaqt bilan soat 21:00 atrofida boşlangan. Dastlabki zarba ortidan Eron yana bir neça bor Isroil tomon raketalar uçirdi.

Isroilning «Temir gumbaz» mudofaa tizimi Eron raketalarining Tel-Aviv ustidagi hujumini qaytarmoqda
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

TSAHAL Eron ikki tölqindagi zarba davomida Isroil böylab kamida 100 ta raketa uçirganini ma’lum qildi (avvaliga harbiylar raketalar soni 150 ta bölganini aytayotgandi). Eronning IRNA agentligi baholaşiça, Eron Isroil tomon yuzlab ballistik raketalar uçirgan. Soat 22:00 atrofida Isroilning frontorti qömondonligi isroilliklar boşpanalarini tark etişi mumkinligini ma’lum qildi, şu bilan birga, aholiga bunday joylardan uzoqqa ketmaslik tavsiya etilgan.

Poytaxt Tel-Aviv Eron raketalari eng köp uçib kelgan manzil böldi. Guvohlar Reuters muxbiriga şaharda portlaşlar röy berganini tasdiqlagan. Zarba kelib tuşişi videolarda aks etgan: kadrlarda «Temir gumbaz» tizimi hujumni qaytariş uçun işga tuşgani, keyin raketalardan biri turar joylar joylaşgan hududga tuşgani aks etgan.

Tel-Aviv aglomeratsiyasida zarba oqibatida turar joy binolaridan biri vayron bölgan. Şahar çekkasidagi hududda odamlar yonayotgan bino içida qamalib qolgan. Öt öçiruvçilar bu yerda vayron bölgan binolardan birining içida qolib ketgan ikki kişini olib çiqişgan. Politsiya Tel-Avivda bir neça bino şikastlangani haqida ma’lumot bergan.

Tel-Aviv aglomeratsiyasida kamida yettita joyda raketa kelib urilişi qayd etildi, deb xabar bergan «Yediot Axronot». «12-kanal» esa, Isroilda töqqiz nuqtada raketa zarbasini qayd etgan (katta ehtimol bilan, köp hollarda gap urib tuşirilgan raketa parçalar tuşişi haqida ketadi). Ijtimoiy tarmoqlarda Tel-Aviv hududidagi portlaşlar aks etgan 20 ga yaqin videoyozuv tarqalgan.

Eronning bir neçta raketasi Isroil Milliy xavfsizlik vazirligi binosiga kelib tuşdi, deb xabar berdi Eronning IRNA agentligi. Xabarda qayd etilişiça, vazirlikning Tel-Avivdagi ştab-kvartirasi vayron bölgan. Bu xabarda katta ehtimol bilan Mudofaa vazirligi binosi nazarda tutilgan, çunki Milliy xavfsizlik vazirligi Quddusda joylaşgan. Isroil tomoni hozirça bu ma’lumotga izoh bermadi.