Isroilning yuqori martabali rasmiysi The Wall Strest Journal gazetasiga bergan intervyusida Isroilning Eronga qarşi operatsiyasi «nihoyasiga yetmaganini» aytdi. Uning sözlariga köra, operatsiya 14 kunga möljallangan.
Naşrning ta’kidlaşiça, bu bayonot ba’zi tahlilçilarning fikriga mos keladi. Ularga köra, zarbalarning dastlabki tölqini Eron yadroviy dasturiga yetarli darajada zarar yetkaza olmagan. Ammo, Isroil bir vaqtning özida Eron obektlari, qömondonliklari va qurol-yaroğ omborlariga zarba beriş orqali javob zarbasini çeklaşga harakat qilgan.
Isroil armiyasi ham operatsiya davom etişini bildirdi, deb yozdi The Times of Israel.
«Biz strategik imkoniyatlar oynasida turibmiz. Qaytmas nuqtaga yetdik va hozir harakat qilişdan boşqa ilojimiz yöq», dedi Isroil harbiylari.
Şu bilan birga, Eronga nisbatan harbiy operatsiya endi boşlandi, dedi Isroil armiyasi matbuot kotibi Efi Defrin.
«Ayni paytda Isroil armiyasi maqsadga erişiş uçun operatsiyalarni davom ettirmoqda, parallel ravişda Isroilning muhim mudofaasini ta’minlamoqda», dedi u.
Zarbalar qaçongaça davom etişi haqidagi savolga javoban u «operatsiya endi boşlanmoqda» dedi va armiya Eronning javob zarbalariga tayyorgarlik körayotganini ta’kidladi.
Isroil 13 iyun kuni erta tongda Eron hududiga qator zarbalar berdi. Tasdiqlangan nişon Natanzdagi uranni boyitiş zavodi bölib, uning aksariyat obektlari yer ostida joylaşgan. Eron rasmiylarining ta’kidlaşiça, faqat yer usti inşootlari şikastlangan. Isroil armiyasi öz navbatida, yer osti inşootlari ham qisman vayron bölganini da’vo qiladi.


















