Isroil zarbalari oqibatida Tehron viloyatida 78 kişi halok bölib, 329 kişi tan jarohati olgan. Bu haqda Eronning Fars, NourNews va Mehr agentliklari xabar tarqatdi.

Şu bilan birga, Fars bu «norasmiy ma’lumot» ekanini qayd etgan. Eron hukumati Isroilning butun mamlakat böylab berayotgan zarbalari oqibatida halok bölganlar va yaralanganlar töğrisida hozirça ma’lumot bermadi.

Ayrim manbalarga köra, Isroil hujumlari oqibatida butun Eron hududlari böylab tinç aholi vakillaridan kamida 104 kişi halok bölib, 376 kişi jarohatlangan.

Avvalroq Qizil yarim oy jamiyatining Erondagi bölimi mamlakatning 12 viloyatida hujumlar oqibatida kamida bir kişi halok bölib, 95 kişi yaralanganini xabar qilgandi.

Isroil 13 iyunga ötar keçasi Eron yadroviy dasturi bilan boğliq nişonlarga davomli zarbalar berişni boşladi. Amaliyot davomida Islom inqilobi muhofizlari korpusining yuqori lavozimli mulozimlari, jumladan korpus boş qömondoni Husayn Salomiy öldirilgan. Reuters manbasiga köra, Eronning kamida 20 nafar yuqori martabali harbiysi halok bölgan.