Isroil Eronga hujum qilib, Ğazoda amalga oşirayotgan genotsiddan e’tiborni çalğitmoqçi.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Kuvayt amiri Mişal al-Ahmad al-Jobir as-Sabah bilan telefon orqali muloqotda ma’lum qildi, deya xabar beradi Turkiya prezidentining aloqa boşqarmasi.
Davlat rahbari Tel-Avivning bunday niyatlariga çek qöyiş zarurligini ta’kidladi. Tomonlar Isroil va Eron örtasidagi mojaro, mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qildi.
Prezident Erdöğan Isroilning Eronga qarşi hujumlari bilan boşlangan mojaro mintaqa xavfsizligiga katta xavf tuğdirayotganini qayd etdi. Turkiya davlati rahbari mintaqada yangi uruş boşlanişiga yöl qöyib bölmasligini ta’kidladi.
Turkiya rahbari Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu boşqaruvi global barqarorlik va xavfsizlik uçun muammoga aylanganini qayd etdi.
Turkiya davlati rahbari Isroil hujumlari, jumladan, Eron va AQŞ örtasidagi Eron yadro dasturi böyiça muzokaralar jarayoniga putur yetkazayotganiga e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlaşiça, bu muzokaralar kelişmovçiliklarni bartaraf etişning yagona yöli.
Prezident Erdöğan Turkiya va Kuvayt Isroilning Ğazodagi genotsidi va mintaqadagi tajovuzini keskin qoralaganini eslatdi.













