Eron–Isroil uruşining 4-kuni boşlanar ekan, har ikki tomon ham yuzlab dron va raketalar bilan zarba almaşmoqda. Eron maydonda yolğiz qolmadi, Yaman husiylari ham ozmi-köpmi raketalar bilan Isroilni bezovta qilib turişibdi. Aftidan Netanyahu Eronga past baho bergan körinadi, köplab tarqalgan lavhalarda Isroilning zararlangan hududlari bamisoli Ğazodagi binolardek köriniş hosil qilgan. Uruşning dastlabki kunlaridan farqli ravişda Eron zarbalari natijasida Isroilda vayron bölgan nişonlar soni köpaygan.

Isroil mudofaa kuçlari Eron tomonidan Isroilga yönaltirilgan 100 ga yaqin dronni muvaffaqiyatli zararsizlantirganini ma’lum qildi.

Şuningdek, Maşhaddagi Eron aviatsiyasiga tegişli yoqilği taşuvçi samolyot Isroil tomonidan nişonga olingan. Eron tomonidan Tel-Aviv, Bat Yam, Tamra, Haifa va boşqa markaziy isroil şaharlariga raketa zarbalari berildi.

Bat Yamdagi zararlardan 200 dan ortiq kişi jabrlangan, köplab şahar inşootlari vayron qilingan. Ikki tomondan ham zarbalar davom etayotgani uçun ayni vaqtda qança odam halok bölganini aniq aytiş qiyin. Isroil F-35 va F-15 qiruvçi samolyotlari orqali Tehron neft bazasi, Maşhaddagi harbiy yoqilği ombori, Hamadon radar markazi va Isfahon dron bazasiga zarbalar berdi. Eron aviatsiyasi logistik liniyasiga (yoqilği va dronlarni yetkaziş zanjiri) razvedka asosida rejalaştirilgan hujumlar uyuştirildi. Al Jazeera manbalariga köra Eronning hujumlari Isroil elitasi va olimlariga qaratilgan. Netanyahu keça Fox newsʼga bergan intervyusida Eron razvedka xizmati boşliği va uning örinbosari öldirilganini da’vo qilgan. 15 iyun kuni bölişi rejalaştirilgan Eron–AQŞ yadro muzokaralari töxtatilgan edi, Eron taşqi işlar vaziri aytganidek, endi bu muzokaralarda ma’ni qolmadi. AQŞ prezidenti Donald Tramp Truth Social tarmoğidagi bayonotida Eronga nisbatan jiddiy ogohlantiriş berdi. U agar Eron AQŞga qarşi hujum amalga oşirsa, AQŞ “ilgari kuzatilmagan darajada zarba” berişini bildirdi. Şu bilan birga, Tramp AQŞ Isroilning ötgan keçadagi Eronga hujumiga aloqador emasligini ta’kidladi: “Biz Eron va Isroil örtasida osonlikça kelişuvga erişib, bu qonli nizoni tugatişimiz mumkin” degan u. Bugun tongda AQŞ harbiy havo kuçlarining 20 dan ortiq havoda yoqilği quyuvçi samolyotlari Qöşma Ştatlardagi bazalarini tark etib, Yevropaga yöl oldi, balki safar Yaqin Şarq saridir. Reuters manbalariga köra Eron Isroil hujumlari tugamaguniça otaşkesim böyiça muzokaralarga tayyor emasligini ma’lum qildi.

“Eronliklar Qatar va Ummon vositaçilariga şunçaki ma’lumot berib qöydi: ular jiddiy muzokaralarni faqat Isroilning profilaktik hujumlariga javob berilgandan keyin boşlaşlari mumkin”, - degan manba.