Isroil duşanba kuni ertalab Eronga qarşi yangi hujum tölqinini boşladi. Bu haqda New York Times naşri xabar bermoqda.

Isroil harbiylari duşanba tongida bergan bayonotda markaziy Erondagi raketa uçiriş maydonlariga zarba berayotganini bildirdi va isroilliklarni boşpanalarga yaqin joyda qolişga çaqirdi. Bu esa Eron tomonidan kutilayotgan hujum haqida ogohlantiruvçi belgi hisoblanadi.

Isroil Mudofaa Armiyasi (IDF)ning ma’lum qilişiça, mamlakat harbiy-havo kuçlari Eron markaziy hududidagi «yer-yer» turidagi raketa uçiriş qurilmalariga zarbalar bera boşlagan.

Isroil qiruvçi samolyotlari Tehrondagi Şahron neft saqlaş bazasiga hamda Eron mudofaa vazirligi binosiga aviazarbalar yöllagan. Hujum nişoni mudofaa vazirligi ştab-kvartirasi bölgan. Tasnim agentligi muxbirining ma’lum qilişiça, vazirlikning ofis binolaridan biriga biroz zarar yetgan.

Şuningdek, TsAXAL bayonotiga köra, Isroil harbiylari Eron tomonidan uçirilgan 100 dan ortiq dronni töxtatişga muvaffaq bölgan. Isroil armiyasining Içki Mudofaa Qömitasi (Home Front Command) duşanba kuni erta tongda yana bir bor aholini boşpanalarda qolişga çaqirdi. Bu ehtimoliy Eron hujumi arafasida sodir bölgan.

Öz navbatida, Eron Islom muhofizlari korpusi Isroilning razvedka markazlariga zarba berganini e’lon qildi. Eron davlat televideniyesi 100 dan ortiq raketa (ularning turiga aniqlik kiritilmagan), şuningdek, dronlar uçirilganini ma’lum qildi. Tel-Aviv va Hayfa şaharlari asosiy nişonlar böldi. Xayfada raketa belgilangan nişonga kelib urilgan.

Bundan taşqari, Isroilning «Rafael» qurol-yaroğ işlab çiqaruvçi kompaniyasiga qaraşli zavod ham Eron tomonidan nişonga olingan.

Bu hujumlar yakşanba kuni Eron va Isroil böylab köplab joylarga uyuştirilgan aviazarbalardan söng amalga oşirildi. OAVda tarqalgan xabarlarga köra, Tehrondan çiqadigan yöllar yakşanba kuni tirband bölgan. Aholi yonilği quyiş şoxobçalarida navbatlar yuzaga kelgani va ba’zilar çamadon kötarib, taksi töxtatişga uringanini aytmoqda.

Eron soğliqni saqlaş vazirligi vakili Hossein Kermanpour ijtimoiy tarmoqlarda yozişiça, juma kunidan beri Isroilning hujumlari oqibatida 224 kişi halok bölgan, yana 1 277 kişi yaralangan. U Isroilning harbiy obektlarni nişonga olyapmiz, degan da’volarini rad etdi va jabrlanganlarning aksariyati oddiy fuqarolar ekanini ta’kidlamoqda.