Internet erkinligi böyiça ehtimoliy çeklovlarni kuzatuvçi NetBlocks taşkilotiga köra, tarmoq ma’lumotlari Eron internetdan deyarli butunlay mahrum bölganini körsatadi.

«Real vaqt rejimidagi tarmoq ma’lumotlari Eronda internet deyarli töliq öçirilgan holatda ekanini körsatmoqda», deyiladi taşkilot bayonotida. NetBlocks taşkilotining aniqlik kiritişiça, avval ham Eron tarmoğida qisman uzilişlar qayd etilgan.

Keyinroq Eron Aloqa vazirligi mamlakat içidagi tarmoqqa kirişga çeklovlar joriy etganini e’lon qildi. Eronning internet muammolari Isroil bilan harbiy mojaro va davom etayotgan raketa zarbalari fonida yuzaga keldi.

13 iyun kuni Isroil Eronga qarşi harbiy operatsiyani boşladi va yirik yadroviy va mudofaa inşootlariga hujum qildi. Şundan söng, Eron ham Isroilga raketa zarbalarini berdi. Harbiy mojaro hamon davom etmoqda.