Hisorak suv ombori 1987 yilda qurilgan bölib, 2004 yilda kapital rekonstruksiya qilingan. Hududda 2011 yilda işga tuşirilgan quvvati 45 MVt bölgan asosiy Hisorak GES ham mavjud bölib, yiliga 80 million kilovatt soat elektr energiyasi işlab çiqaradi. Bu esa örtaça hisobda 33 ming xonadonning yillik elektr energiyasi ehtiyojini qoplaydi.

Şahrisabz tumanida energetik quvvati 3,5 MVtga teng, yiliga örtaça 17,5 million kilovatt soat elektr energiyasi işlab çiqaruvçi Hisorak kiçik GES qurilişi töliq mahalliylaştiriş doirasida amalga oşirildi. Loyihaning qiymati 1,5 million dollarni taşkil etadi. GES faoliyati natijasida yiliga örtaça 5 million metr kub tabiiy gaz tejaladi. Bu yerda işlab çiqariladigan elektr energiya 7 ming 300 ta xonadonga yetadi.

Davlat rahbariga daryo suvidan energiya oliş böyiça kelgusi rejalar haqida axborot berildi.

Eng muhim loyihalardan biri — kelgusi ikki yil içida umumiy quvvati 12 MVt bölgan 416 ta kinetik turbinali mikro GES quriş rejasidir. Bu mikro GESlar ariq va kanallardagi suv oqimidan samarali energiya işlab çiqariş imkonini beradi.

Hozirda viloyatda umumiy quvvati 49 MVt bölgan 3 ta GES faoliyat yuritmoqda. Istiqboldagi loyihalar tufayli bu körsatkiç sezilarli darajada oşişi kutilmoqda. Gidroenergetika orqali viloyatda aholi elektr energiyasi iste’molining 15 foizini qoplaş maqsad qilingan.

Mamlakatda sönggi sakkiz yil içida elektr energiyasi işlab çiqariş 38 foizga oşib, 81,5 milliard kVt/soatga yetdi. Joriy yilda respublika böylab umumiy quvvati 24,7 MVt bölgan 5 ta yangi kiçik GES foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan.