Isroil va Eron uruşi bir haftadan buyon davom etmoqda. Odatda bu ikki davlat örtasidagi töqnaşuv bunaqa uzoq davom etmas va uruş deyişga arzimasdi. Özi Isroil va Eron töğridan-töğri bir-biriga raketa otişi oxirgi ikki yilda kuzatilayotgan holat. Uzoq yillar Eron Isroil bilan oçiqçasiga emas, proksi kuçlar yordamida kuraşib keldi. Lekin endi jang maydonida ikki duşman yakkama-yakka qoldi. Proksi kuçlar ham yakson qilingan.

Uruş boşlanganda ittifoqçi degan söz tez-tez tilga olinadi. Çunki istalgan davlat ittifoqçisiz uruşa olmaydi. Buni juda qudratli, resurslari bitmas-tuganmas Rossiya misolida kördik. Sovet ittifoqiday qudratli imperiyaning me’rosxöri özidan çandon barobar kuçsiz qöşnisiga qarşi uruşda odamlarining qorni zörğa töyadigan Şimoliy Koreyadan qurol sotib olişga majbur böldi.

Eron – Isroil uruşida hozirça faqat bir tomonning ittifoqçisi köriniş bermoqda. AQŞ Isroilga Eron raketalarini tutib qoliş orqali bölsa ham yordam berdi. Majoziy ma’noda aytganda, AQŞ jang maydoniga kirmagan bölsa-da, istalgan paytda uruşga qöşilişga şay.

Xöş, Eronning ittifoqçilari qani? Nega juda kuçli Amerika qöllovidagi Isroilga qarşi tarixdagi ilk uruşda Tehron yolğiz jang qilmoqda? Ukrainaga qarşi uruşda Eron yangi sanksiyalar xavfiga qaramay Rossiyaga qurol yetkazib berdi, nega Moskva endi oğir pallada yordamga kelmayapti? Quyida şu haqda.

Rossiya qanday yordam berişi mumkin?

Demak Eron qaysi masalada Rossiyaning yordamiga muhtojligidan boşlasak. Eng avvalo havo mudofaasi böyiça. Hozir Isroil samolyotlari deyarli qarşiliksiz Eron osmoni uzra uçib, yana Isroilga qaytib ketmoqda. Çunki operatsiya boşlanişidan avval Mossad agentlari Eron içkarisiga kirib havo hujumidan mudofaa tizimlariga zarba bergan. Bölmasa Isroil samolyotlarini bunçalik bemalol Eron ustidan uçira olmasdi. Yaxşiyam örtada Iroq va Suriya yerlari yastanib yotibdi, aks holda Isroil Eron osmoni uzra patrul taşkil qilişi ham ajablanarli bölmasdi.

Bunday holatda Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimlari yoki qiruvçi samolyotlar yordamida osmonni himoya qilişi Eronga asqatgan bölardi. Lekin Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda öziga yordam bergan ittifoqçisiga bunday yordam körsatmayapti.

Harbiy yordamdan taşqari Rossiya diplomatik maydonda Eronga katta yordam berişi mumkin. Çunki Putin va Netanyahuning munosabatlari yomon emas, ular uruş boşlangaç doimiy aloqada bölib turibdi. Lekin bu muloqotlardan keyin ham Isroil Eronni bombalaşda davom etmoqda. Aftidan, Rossiya Isroil raketalarini urib tuşiriş yoki bu uçun Eronga qurol beriş orqali yana bir uruşga aralaşib qolişni istamayapti.